"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Isko bilan xayrlashmoqchi emas, chunki u bu haqda klub rahbariyatiga oldindan ma'lum qilgan, deb yozadi La Gazzeta dello Sport.
Manbaga ko'ra, mutaxassis ispaniyalikning mavsumoldi mashg'ulotlaridan qoniqish hosil qilgan va yangi mavsumda unga umid bog'lashini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Iskoning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha hisoblangan.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.