"Real" klubi tvitter sahifasida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Biroq bu xabar o'z tasdig'ini topmadi. Chunki, klub sahifasi hakerlar tomonidan buzilgani va "Xush kelibsan, Messi!" xabari ular tomonidan kiritilgani ma'lum bo'ldi.
Avvalroq, hakerlar "Barselona" tvitterini buzib, Anxel Di Mariya transferini e'lon qilgan edi.