Ushbu haftada "PSJ" "Real Madrid" bilan Kilian Mbappe masalasida muzokaralar o'tkazadi. "El Chiringuito" nashri xabariga asosan, Parij klubi o'z hujumchisi bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha muvaffaqiyacizlikka uchragan.
Mbappe klub rahbariyatiga allaqachon o'zining "qaymoqranglilar" safiga qo'shilish istagini aytib o'tgan. Shu sabab "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi Mbappe masalasini hal qilish uchun bir necha kun ichida Madridga uchadi.
Keyingi yili shartnomasi yakunlanadigan hujumchi uchun Madrid klubi iloji boricha kamroq harajat qilishga harakat qilayotgan bo'lsa, "PSJ" undan maksimum foyda ko'rishga bel bog'lagan.