Evropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) Evropa Superligasini tashkil qilmoqchi bo'lgan 12 ta klubdan 9 tasini qayta ECAga a'zo bo'lishganligi haqida habar berilmoqda.
"Milan", "Arsenal", "Chelsi", "Atletiko", "Inter", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" yana tashkilotga a'zo bo'ldi.
Bu jamoalar, "Real", "Barselona" va "Yuventus" bilan birgalikda, aprel oyida UEFA oldiga Superliganing boshlanishi uchun olgan majburiyatlaridan voz kechgach, ECAdan chiqib ketishgandi.
"Mazkur klublar Evropa Superligasi deb nomlangan loyiha keng jamoatchilik manfaatlariga javob bermasligini haqida, shuningdek, ularning bu loyihadan butunlay voz kechgani haqidagi bayonotlarini inobatga oldi",-deyiladi ECA bergan xabarda.