Tomonlar o'yinchining ijarasi borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Madrid klubi hujumchiga ishonch bildirmayapti va uni boshqa klubga qo'yib yuborishga tayyor. "Inter" jamoadan ketgan Romelu Lukakuga o'rinbosar izlamoqda va serbni 2021/22 yilgi mavsum uchun ijaraga olishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Yovich "Real"ga "Ayntraxt"dan 2019 yilda 63 million evro evaziga o'tgandi, ammo "qaymoqranglilar" asosiy tarkibidan o'rin ololmayapti. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.