Oldinroq, "qaymoqranglilar" o'yinchi uchun 40 million evro xohlashgan edi, ammo ular hozir uni 30 mlnga qo'yib yuborishga tayyorlar.
"Kanonirlar" bunday narxni to'lashga tayyorlar va hozirda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. O'yinchining o'zi ham klubini o'zgartirishga qiziqmoqda, sababi uni La Liga mavsumi uchun qaydnomaga kiritishmadi.
Eslatib o'tamiz, Edegor 2015 yilda "Real" o'yinchisiga aylangan edi. U o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Arsenal"da ijara asosida o'tkazdi. Martin 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.