La Liga 1-tur doirasidagi "Selta" (2:1)ga qarshi o'yinda «Atletiko» posboni Yan Oblak jamoasi safida darvozabonlar orasidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordni o'rnatdi.
Vigo jamoasiga qarshi o'yin Oblak uchun "matraschilar" tarkibidagi 304-si bo'ldi. 28 yoshli sloveniyalik Madrid klubida 303ta o'yin o'tkazgan Abel Resinoni ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, Oblak "Atletiko"da 2014 yildan beri o'ynaydi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.