"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining birinchi turida
"Alaves" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi. Uchrashuv Vitoriya shahridagi
"Mendisorrosa" stadionida bo'lib o'tdi va 4:1 hisobida madridliklarning g'alabasi bilan
yakunlandi.
"Birinchi bo'limda biz to'p bilan ham, to'psiz ham biroz sekin harakat qildik. Ikkinchi bo'limda
bizda shiddat va sifat ko'proq edi. To'g'ri, oldinda o'ynash qiyin edi, chunki "Alaves" juda
yaxshi himoyalandi. Karimning birinchi goli o'yinni ochib berdi, lekin men to'p bilan va to'psiz
shiddatli o'ynashni xohlayman", - deydi Anchelotti.