"Real" yarim himoyachisi Eden Azar jamoasining Ispaniya chempionati startidagi "Alaves" (4:1) ustidan qozonilgan g'alabasi haqida gapirdi.
"Ispaniya chempionati boshlanishidagi g'alabadan keyin tuyg'ular ajoyib. Men ham o'zimni
yaxshi his qilyapman, biz bu mavsumda o'rnak bo'lishni istaymiz.Menga Benzema bilan o'ynash
yoqadi, biz bir-birimizni yaxshi bilamiz, u bilan o'ynash oson. To'piqdan olgan jarohatim
o'tmishda qoldi, u allaqachon yodimdan chiqib ketgan", - deya Azaraning so'zlarini keltiradi
Goal nashri.