Bu madridliklar darvozaboni Tibo Kurtua uchun La Liga doirasida klub tarkibidagi 100-o'yin bo'ldi.
29 yoshli belgiyalik bu vaqt davomida 85ta to'p o'tkazib yubordi va 43 bor "quruq" o'yin o'tkazdi.
Kurtua 2018 yilning avgustidan beri "Real"da o'ynaydi. U klub tarkibida jami 130ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 125ta to'p olib chiqqan va 52 bor darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.