"Real Madrid" Ispaniya chempionati prezidenti Xaver Tebasning siyosati bilan kelishmovchilik tufayli La Ligani tark etishni o'ylamoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi APLga o'tish haqida o'ylamoqda. Shuningdek, "qaymoqranglilar" A Seriya va Bundesliga variantlarini ham ko'rib chiqmoqda.
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peresning bunday qarorga kelishiga - Tebasning Superliga g'oyasiga qarshi chiqqanidir.
Qolaversa, uch kun oldin klub rasmiy saytida Madrid jamoasi rahbariyati la liga va CVC fondini sudga berishi haqida bayonot paydo bo'ldi.
Bugun, 14 avgust kuni "Real Madrid" Ispaniya chempionati-2021/22 1-tur uchrashuvida
"Alaves" ga qarshi maydonga tushadi. Boshlanish vaqti - 01:00 (Toshkent vaqti bilan).