Madrid klubida ikki asosiy davogar bor - "Vilyarreal"dan Pau Torres va "Sevilya"dan Jyul Kunde.
Ispaniyalikning "Vilyarreal" bilan shartnomasida 65 mln evrolik tovon puli yozilgan, ammo "Real" muzokaralar davomida futbolchining narxini tushirishga urinadi.
Kundening transferini esa amalga oshirish qiyin. Uning tovon puli - 80 mln evro. "Sevilya" o'tgan yozda francuzni "Manchester Siti"ga 60 mln evro evaziga sotmagandi, hozir esa bu borada klubning poziciyasi yanada qattiqlashdi.
"Real"ning yozdagi maqsadi PSJ forvardi Kilian Mbappe edi, endi "galaktikos" markaziy himoyachi variantini ko'rmoqda.