Yozda ikkita markaziy himoyachidan ayrilgan "Real Madrid" himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, qirollik klubi "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudigerga e'tibor qaratgan.
Madrid grandi nemis futbolchisining shartnomasi yakunlanishiga oz qolganligidan foydalanmoqchi. Agar tomonlar shartnomani uzaytirmasa, yanvar oyida Ryudiger boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos va Rafael Varan yozda "Real"ni tark etishdi. Birinchisi "PSJ" o'yinchisiga aylandi, ikkinchisi "Manchester Yunayted" ga o'tishni yakunlanishiga oz qoldi.