"Real" himoyachisi Xesus Valexo yozda "qirollik klubi"ni tark etmaydi, deb xabar beradi MadridistaReal nashri.
Manbaga ko'ra, futbolchi klubni tark etish borasida muzokara o'tkazmagan va uzoq muddatli shartnomaga ega. Valexo klubda qolganidan xursand va o'zini munosibligini isbotlamoqchi.
Oldinroq futbolchini Alaba, Militao va Nachodan keyin jamoaning 4-markaziy himoyachisi bo'lishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "Granada"da o'tkazdi va undan Evropa Ligasining chorak finaliga chiqdi.