"Real Madrid" yaqin haftalarda yarim himoyachi Martin Edegorni sotmoqchi. Marca xabariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati jamoadan norozi futbolchini jamoada qoldirish niyatida emas.
Avvalroq, "Arsenal" Edegor bilan bog'liq vaziyatni kuzatayotgani haqida xabar berilgandi.
O'tgan mavsum ikkinchi yarmida, aniqrog'i 2021 yilning yanvaridan mayigacha Edegor "Arsenal"da ijara asosida o'ynagan. London jamoasi safida 20 ta o'yinda u 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.