25 yoshli Dani Sebalosning shikastlanish darajasi "galaktikos"ning rasmiy sayti orqali ma'lum qilingan. Manbada aytilishicha, futbolchining oyoq suyaklar yorilib ketgan. Ammo yarim himoyachining tiklanish vaqti haqida hech narsa aytilmagan.
Eslatib o'tamiz, Sebalos 2020 yilgi Tokio Olimpiadasining Misrga qarshi o'yinida (0:0) jarohat olgan edi. Misrlik Taher Muhammad Sebalosning chap to'pig'ini bosib oldi, shundan so'ng ispaniyalikning oyog'i qarama -qarshi tomonga burilib, bo'g'imning jiddiy shikastlanishiga olib keldi.