"Real"ning serbiyalik hujumchisi Luka Yovich faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchiga "Roma"ni taklif qilishgan.
"Real"ning fikricha, Yovich "Inter"ga o'tishi mumkin bo'lgan Rim klubida Edin Jekoning o'rnini bosa oladi.
Eslatib o'tamiz, serb "Real"ga 2019 yilda "Ayntraxt" dan 63 million evroga ko'chib o'tgandi.