"Borussiya Dortmund" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland yozda boshqa klubga o'tmaydi. Bu haqida MadridistaReal nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Real" futbolchini 2022 yilning yozida sotib olmoqchi.
Holandning o'zi ham 2022 yilda "Real"ga o'tishga qarshi emas.
Avvalroq, Fabritsio Romano norvegiyalikning 2022 yilgi tovon puli 75 million evroni tashkil qilishi haqida xabar bergandi.
Eslatib o'tamiz, Erling o'tgan mavsum Borussiya D" tarkibida barcha musobaqalarda 40 uchrashuvda maydonga tushib, 40 golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.