"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi Martin Edegor bilan vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Bu haqida jurnalist Fabrittsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" 22 yoshli norvegiyalikni transfer bozoridagi asosiy nishoni deb bilishadi va agar u "Real" dan ketishga qaror qilsa yoki "qirollik klubi" uni sotishga qaror qilsa, futbolchi uchun taklif jo'natadi.
Edegor 2021 yilning yanvaridan mayigacha "Arsenal"da ijara asosida o'ynagan. U London jamoasi safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.