Toni Kroos Serxio Ramos ketgach, g'alati hislarni boshdan kechirayotganini tan oldi. Nemis tajribali futbolchi bilan bir jamoada o'ynashga o'rganib qolgan.
«Uni jamoaga kiritmaslik g'alati tuyg'u bo'ladi. Men uchun Ramos - yaqin avlodning eng kuchli himoyachisi, mutlaq lider. Albatta, biz oxirgi sakkiz yil davomida himoyaviy o'yinga jamoani qurmadik. Biroq Serxio «Real»ning yuragi edi.
Tushunamanki, bu vaziyat o'z o'zidan sodir bo'lmadi. «Real» Varanni sotishdan katta pul oldi, lekin Alaba uchun hech narsa to'lamadi. Bu ham albatta e'tiborga olish kerak bo'lgan muhim omil”, - deydi Kroos.