Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) Serxio Ramos diskvalifikatsiyasini bekor qilmadi.
Ma'lumki, futbolchi "Deportivo"ga (3:0) qarshi La Liga 1-tur o'yini so'nggi daqiqasida qoida buzib, maydondan chetlatilgandi. "Real" rahbariyati Ramos ataylab o'yin qoidasini buzmagan deb ta'kidlab, shikoyat xati jo'natgan edi.
RFEF tartib intizom qo'mitasi o'yinning bosh hakami Xose Luis Gonsales qarorini to'g'ri deb topdi va diskvalifikatsiyani o'z kuchida qoldirdi.
Endi Ramos La Liganing navbatdagi 2 o'yinini o'tkazib yuboradi.