«Real Madrid»ning norvegiyalik yarimhimoyachisi Martin Edegorning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.
Insayder-jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Londonning «Arsenal» klubi hali ham futbolchiga qiziqish bildiryapti.
Manbaga ko'ra, agar Edegor «Real»dan ketishga qaror qilsa va «qaymoqranglilar» uni sotishga istasa, «kanonirlar» rasmiy transfer taklifini yuborishadi.
Avvalroq, norvegiyalik futbolchi «Real»ning muhim qismi bo'lishni istayotgani haqida xabar berilgandi.