"Real Madrid" forvardi Krishtianu Ronaldu dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi bo'lishni xohlamoqda.
32 yoshli futbolchi rahbarlardan maoshini qo'shimcha soliqlardan tashqari 40 mln yevroga ko'tarishni so'radi. Hozirgi paytda Ronaldu soliqlardan tashqari yiliga 21 mln yevro maosh oladi.
Portugaliyalik hujumchi Neymar va Messi singari 40 mln yevro atrofida maosh olishni xohlamoqda. Agarda ushbu yozda Kilian Mbappe "PSJ"ga yo'l olsa u ham Ronaldu bilan teng maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu o'tgan yili noyabrda klub bilan yangi shartnoma imzolagan edi va o'shanda uning maoshi ko'tarib berilgandi.