Madridning "Real" klubi futbolchisi Xesus Valexo o'zining jamoadagi keyingi faoliyati va "qaymoqranglilar" safida yangi mavsumda qolishiga umid bog'layotganni haqida gapirdi.
"Men Olimpiada tugaganidan keyin Valdebebasga qaytishim va bir haftadan so'ng boshlanadigan mavsumga tayyorgarlik ko'rishim kerak.
"Umid qilamanki, "Real"da qolaman va jamoaga munosibligimni isbotlash uchun bor kuchimni ishga solaman. O'ylaymanki, Varan va Ramosning jamoadagi o'rnini egallayman", deydi futbolchi Marca nashriga.
Eslatib o'tamiz, Xesus Valexo o'tgan mavsumni ijara asosida "Granada"da o'ynagan.