"Real Madrid" yarim himoyachisi Lukas Vaskes yangi mavsumga bo'lgan umidlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men "Real" bilan shartnomani yangilaganimdan juda xursandman, chunki Madrid - mening uyim. Men Anchelottiga asosiy tarkibda futbolchi bo'lishga loyiqligimni isbotlamoqchiman.
Uning ajoyib futbolchilik karerasi bor, u juda yaxshi murabbiy. Ishonchim komilki, u bizga sovrinlar yutishimizga yordam beradi ",- deb ispaniyalikning so'zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o'tamiz, Vaskes "Real" akedimiyasi futbolchisi hisoblanadi. Yaqinda u klub bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirdi. O'tgan mavsumda Lukas La ligada 24 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 6 golli uzatmani amalga oshirgan.