"Barselona" klubini tark etishi ma'lum bo'lib ulgurgan Messining keyingi jamaosi tobora oydinlashib bormoqda.
"PSJ" klubi Messi bilan kelishuvga erishdi va yaqin vaqtlar ichida buni rasman e'lon qiladi, deya xabar beradi jurnalist Abdulla Bulman.
Leoning o'zi parijliklar safiga o'tishga qarshi emas. Manbada aytilishicha, argentinalik yiliga 40 million evroga yaqin maosh oladi. Shuningdek, argentinalik Neymarning 10-raqamni berish taklifini rad etdi va u 19-raqamda harakat qilish niyatida.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar prezidenti avvalroq Leo bilan shartnoma imzolash imkoniyati yo'qligini aytib o'tdi.