"Sevilya" himoyachi Jyul Kundeni sotilishidan 70-75 million evro atrofida foyda olmoqchi, deya xabar beradi Diario de Sevilla nashri.
Futbolchiga "Chelsi", "Manchester Siti", "Real" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Biroq, ularning hech biri hali ispan jamoasining moliyaviy talablarini bajarishga tayyor emas.
22 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.