Marca xabariga ko'ra, «Real» vingeri Eden Azar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Futbolchi Evro-2020da jarohat olgandi va prognozlarga ko'ra, deyarli bir oy tiklanishi talab etildi. Biroq Azar hozir yaxshi formada.
Ma'lum qilinishicha, hozirda 30 yoshli belgiyalik allaqachon «qaymoqranglilar» bilan mashg'ulot o'tkazmoqda va buni mavsum boshlanganidan keyin o'tkazilgan jismoniy testlar ko'rsatib turibdi.
Eslatib o'tamiz, «Real» La Liganing birinchi turida «Alaves»ga qarshi 14 avgust kuni maydonga tushadi.