"Real Madrid" yozda yarim himoyachilar Garet Beyl va Eden Azardan sotmoqchi. Bu haqda
ABC jurnalisti Tomas Gonsales-Martin xabar bermoqda. Madridliklar mazkur futbolchilar to'g'risidagi har qanday taklifni qabul qilishga tayyor - ijara, yoki to'lig'icha transfer.
"Real Madrid" juda yuqori maosh oladigan futbolchilarni klubda ushlab turmoqchi emas.
Qolaversa, jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Azar va Beyl bilan hamkorlikka unchalik ham qiziqish bildirmagan.
"Qaymoqranglilar" hali ham Kilian Mbappening "PSJ" dan potentsial transferi uchun pul topishga harakat qilmoqda. Shuning uchun katta maosh oladigan futbolchilarni sotib yubormoqda.