MadridistaReal nashrining yozishicha, "Real"da murabbiy almashishi Garet Beylni Madridda ajoyib mavsum o'tkazishiga turtki bo'lgan.
Xabarda aytilishicha, uelslik futbolchi 2021/22 yil o'zi uchun muvaffaqiyatli yil bo'lishiga ishonadi. Beylning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydi va Garet boshini tik ko'targan holda Madridni tark etmoqchi.
O'tgan yili 32 yoshli futbolchi Zinedin Zidan bilan yomon munosabatlar tufayli "Tottenxem"ga ijaraga berilgandi. Qisqa muddat Angliyada bo'lganida, hujumchi 34 o'yinda 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Karlo Anchelotti Beylni rejalariga kiritganmi, yoki yo'qmi bu noma'lum, chunki italiyalik mutaxassi mavsum oldidan uelslik bilan ishlash niyati yo'qligi haqida aytgandi. Ayni paytda, Beylga 2020 yilgi Evropa chempionatidagi ishtiroki tufayli qo'shimcha ta'til berilgan va barchasi yaqin kunlarda aniq bo'ladi.