"Real" va Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Takefusa Kubo kelasi mavsumda "Real Sosedad" da o'ynashi mumkin, deb xabar beradi Ispaniyaning Marca nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, San -Sebastyan klubi futbolchi uchun boshqa raqobatchilar bilan solishtirganda, qulay vaziyatda. "Sosedad" Takefusani ijaraga olmoqchi.
Ma'lum bo'lishicha, Tokio Olimpiadasi tugagach, Kubo basklar tarkibiga borib qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda yaponiyalik "Vilyarreal" va "Xetafe" klublarida ijara asosida to'p surgan.