Frantsiyalik futbolchi Rafael Varan bugun Manchester shahriga uchib ketadi. Jurnalist Fabritsio Romano bu haqda ma'lum qildi.
28 yoshli futbolchi "Manchester Yunated" klubida tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng shartnomaga qo'l qo'yadi.
Eslatib o'tamiz, Varan "qizil iblislar" bilan 2025+1 ko'rinishida shartnoma imzolashi kutilmoqda.