"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Laporte jamoani tark etmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
Ispaniyalik futbolchi La Ligaga qaytmoqchi. O'tgan mavsumda Laporte "Siti" ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi, bu uning jamoani tark etishiga sabab bo'ldi. Himoyachining xizmatiga "Real" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" bu yozda Rafael Varan va Serxio Ramos bilan xayrlashishdi, kataloniyaliklar transfer oynasi yopilgunga qadar Klement
Langele va Samyuel Umtitidan qutulishga umid qilishmoqda. Kataloniyada Laporte iyun oyida "Barselona"ga ko'chib o'tgan sobiq jamoadoshi Erik Garsiya bilan o'ynashi mumkin bo'ladi.
Muzokaralar boshlanishi va taxminiy miqdori haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo'q.