"Real Madrid" hujumkor yarim himoyachisi Isko faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Deportes Cuatro nashri xabar bermoqda.
Oldinroq "Milan" futbolchiga da'vogarlik qilayotgan bo'lsa, endi "Yuventus" ham ushbu poygaga qo'shildi.
Madrid klubi murabbiylar shtabi endi Iskoni yangi mavsum rejalariga kiritmagan. Shu sababli ispaniyalikka bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Oldinroq, futbolchiga APL va bir nechta La liga klublari qiziqish bildirgandi. Biroq, ushbu jamoalar madridliklarga taklif bilan chiqishmagan.