"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Sovrinni qabul qilib olganidan keyin portugaliyalik futbolchi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Har yili mening maqsad va vazifalarim o'zgarmaydi. Ushbu mavsumda ham "Real" va Portugaliya terma jamoasi bilan maksimal sovrinlarni qo'lga kiritishni ko'zlayapman.
Ushbu marosimda ishtirok etayotganimdan va menga yana bir marta UEFAning eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirilganidan faxrlanaman. Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman va ularni ham tabriklayman. Terma jamoaga kelganimda yanada yaxshiroq ishlash ishtiyoqi bilan to'lib-toshaman.
"Real" muxlislari va menga ushbu sovrinni qo'lga kiritishimda yordam bergan barchaga rahmat aytaman. Rahmat, men baxtliman", – dedi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu uchinchi marta ushbu nominatsiyada g'oliblikni qo'lga kiritdi.