Yaponiyalik hujumchi Takefusa Kubo yangi mavsumni yana ijarada o'tkazishi mumkin. Yangi mavsumda ham osiyolikka Madrid klubining asosiy tarkibidan joy olish imkoniyati berilmagan.
"El Transistor" nashri xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" yaqin kunlarda futbolchini "Real Sosedad"ga, yoki "Malorka"ga ijaraga berishi mumkin.
2019 yilning yozida "Real Madrid"ga kelganidan beri, yaponiyalik hujumchi Takefusa Kubo jamoada faqat ochilish mavsumini o'tkazdi, shundan so'ng u "Malorka", "Vilyarreal" va "Xetafe" kabi jamoalarda ijarada o'ynashga majbur bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Kubo Ispaniyaning ikkita klubida o'ynagan - "Vilyarreal" va "Xetafe". Yaponiyalik mazkur klublar safida 37 uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan.