"Real Madrid" yarim himoyachisi Martin Edegor faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi "Fichajes" nashri. Futbolchiga "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.
Martinning o'zi klubni o'zgartirishdan manfaatdor, chunki u "qaymoqranglilar"ning asosiy o'yinchisi bo'lishiga ishonchi komil emas. Ingliz jamoalari bu vaziyatdan foydalanib, unga shartnoma taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Edegor o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Arsenal"da o'tkazdi. London klubi tarkibida u barcha turnirlarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.