«PSJ» hujumchi Kilian Mbappening so'nggi kunlarda qilayotgan xatti-harakatlaridan norozi.
Futbolchi Parij klubi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas. Parij rahbariyati esa bunga qarshi ekstremal choralar ko'rishga tayyor.
Ispan matbuoti xabariga ko'ra, "PSJ" xo'jayinlari kelasi mavsumda yosh futbolchini o'yinlardan mahrum qilishi mumkin. Agar Kilian yangi shartnomaga imzo chekmasa, u butun yil zaxirada o'tirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Mbappe - «Real»ning yozdagi yagona transfer maqsadi bo'lib turibdi.