"Real" hujumchisi Karim Benzema klub bilan foydali shartnoma imzolashdan bosh tortdi.
Futbolchiga 2024 yilning yozigacha shartnoma taklif qilingan, biroq frantsuz 2021/22 yilgi mavsumda ish haqi 10% va 2022/23 yilgi mavsumda 15% ga kamaygan holda 2023 yil iyunigacha hisoblanadigan shartnoma tuzishga qaror qilgan. .
Hujumchi madridliklar uchun og'ir yuk bo'lishni istamaydi, agar uning saviyasi tushib qolsa, ketishga tayyorligini aniq ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, Benzema o'tgan mavsum La ligada 34 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 23ta gol yozdirib qo'ygan.