«Real»ning uelslik hujumchisi Garet Beyl Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqidan chiqib ketganiga qaramay, Ispaniya chempionatiga yo'l olishi mumkin, deb xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, bunday ruxsat "Breksit"dan oldin shartnoma imzolagan barcha britaniyaliklar uchun amal qiladi. Shunday qilib, endi «Real» Beyl va braziliyalik Rodrigolar o'rtasida tanlov qilishiga to'g'ri kelmaydi.
Avvalroq, «qirollik klubi» yozgi transfer oynasida 31 yoshli Beylni sotishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Uelslik futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.