"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"da o'ynagan paytda klub murabbiylaridan biri bilan bahs boylashga jazm etmagani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
"Qirollik klubi"ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Rafael Benitesning yordamchisi Antonio Gomes mashg'ulot paytida portugaliyalik futbolchiga darvoza to'sinini nishonga olish bo'yicha bahslashishni taklif qildi. Gomes "Real" o'yinchilari bilan shunday bahs boylab, doimo yutib kelgan.
Ammo Ronaldu bu taklifga rad javobini berdi: "Men Krishtianu Ronalduman va men faqat darvozani ishg'ol qilaman", deya javob qaytargan.