"Real" mavsum-2021/2022da o'z o'yinlarini "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazishni rejalashtirgandi.
Ammo Madrid shahri hokimiyati stadionlarga oz sonli muxlislarning kirishiga ruxsat bersa, "Qirollik klubi" o'zining uy uchrashuvlarini Alfredo di Stefano nomidagi zaxira stadionida o'tkazishda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, "Santyago Bernabeu" stadionida rekonstruktsiya ishlari olib borilayotgani sababli "qaymoqranglilar" o'tgan mavsum davomida "Kastilya"ga qarashli stadiondan foydalanib kelishdi.
Avvalroq Ispaniya sog'liqni saqlash vazirligi yangi mavsumda o'yingohlarning 50 foizi to'lishiga ruxsat berilishini aytib o'tgandi.