"Real Madrid" klubining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas La Liganing yangi mavsumdagi kurashi haqida fikr bildirdi.
"Atletiko yana chempion bo'ladi"?
Albatta, "Real" bosh sovrinni qo'lga kiritsa yaxshiroq, biroq chempionlikni hech qachon qo'lga kiritmagan klub yutsa yaxshi bo'lar edi.
Eslayman "Deportivo" va "Real Sosedad" kabi klublar chempionlik uchun oxirigacha kurashishgan. O'sha mavsum biz uchun qiyin bo'lgan va bu 2002-2003 yilgi mavsumda ro'y bergan edi.
Eslatib o'tamiz, 2002-2003 yilgi mavsum La Ligada "qirollikl klubi" zafar quchgan. Ikkinchi o'rinni esa "Real Sosedad" egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni "Deportivo" klubi yakunlab bergan edi.