«Real» va Belgiya terma jamoasi futbolchisi Eden Azarning kelajagi nihoyat hal bo'ldi, deb xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, Eden Azar «qirollik klubi»da qoladigan bo'ldi. «Real» rahbariyatining fikricha, Anchelotti boshchiligida futbolchi o'z formasining eng yuqori cho'qqisiga chiqa oladi. Peres bunga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, «qaymoqranglilar» Azarni 2019 yili 115 million evroga sotib olishgan edi, biroq ikki mavsum davomida belgiyalik jarohati tufayli faoliyatining yarmidan ko'pini o'tkazib yubordi.