«Real» Madridning norvegiyalik yarimhimoyachisi Martin Edegorning «qirollik klubi»dagi kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.
MadridistaReal xabariga ko'ra, Edegor hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan. Ayni paytda u hozirgi vaziyat haqida o'ylamoqda.
Manbaga ko'ra, «qaymoqranglilar» yarimhimoyachi bilan xayrlashmoqchi emas, lekin agar u ketishga qaror qilsa, «Real» uni sotishga harakat qilib ko'radi.
Londonning «Arsenal» klubi esa o'rtadagi vaziyatni kuzatmoqda.