«Everton» yarimhimoyachisi Xames Rodriges o'z kelajagi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Real Madrid»ga qaytishim mumkinmi? Yo'q, men bunday deb o'ylamayman. Bu tamoman tugallangan tsikl, vaqt endi ortga qaytmaydi. Xames vaqt kabidir: u ortga qaytmaydi.
Mendan ko'pincha qaerda o'ynashimni so'rashadi. Bilmayman, haqiqatan ham hozircha bu menga qorong'u. Bu anchayin murakkab savol. Keling, nima bo'lishini tinchigina kuzatamiz.
Bundan buyog'iga qattiq mashq qilaman. Keyinchalik nima bo'lishini bilmayman, biroq o'z ustimda chinakamiga kuchli ishlamoqchiman. Futbolda ham, hayotda ham biror narsani oldindan taxmin qilish murakkab.
Siz hozirgi kun haqida o'ylashingiz kerak», — deydi Xames.