"Klubga minnatdorchilik bildirmoqchiman. "Real" kimligimni namoyon qildi. Bu klub meni odam qildi, futbolchi bo'lishimda hissa qo'shdi. Klubning bir parchasi bo'lish uchun oldinga qadam tashlashim kerak", — dedi Karvaxal.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik himoyachi klub bilan 2025 yilgacha yangi shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsumda u "Real Madrid" bilan chempionatning kumush medallarini qo'lga kiritdi.