29 yoshli forvardga Rossiyaning "Krasnodar" klubi qiziqish bildirmoqda.
Braziliyalik futbolchi uchun kurashda esa "Trabzonspor" etakchi. "Sosedad" turk klubi bilan muzokaralar olib bormoqda va forvard uchun 8 million evro so'ramoqda. "Trabzonspor" esa 5-6 million evro atrofida taklif qilmoqda.
Futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Vulverxempton"da o'tkazdi va APL doirasidagi 17ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi.