«Manchester Yunayted»ning yangi himoyachisi Rafael Varan o'zining Instagram sahifasida «Real» va Madrid klubi muxlislari bilan xayrlashdi.
«Real»dagi 10 yillik ajoyib mavsum o'tkazganman. Madri klubi va muxlislari doimo yuragimda qoladi.
O'sha kun keldi.
2011 yilda «Real Madrid»ga qo'shilganimdan beri, biz birgalikda deyarli barcha musobaqalarda g'alaba qozondik. Men ushbu klub safidabarcha orzularimga erishdim. Menga o'z maslahatlarini ayamagan barcha murabbiylarga, klub xodimlariga va barcha-barchaga o'z minnadorchiligimni bildiraman.
Menga nisbatan doim mehr-muhabbat ko'rsatib kelgan, doimo qo'llab-quvvatlagan va har qanday muvaffaqiyat uchun kurashishga majbur qilgan barcha madridliklarga katta rahmat.
Kiyinish xonasini dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan bo'lishish sharafiga muyassar bo'ldim. Men behisob g'alabalarga erishdim. O'ylaymanki, Madridda o'z o'rnimni topganman. Bu men uchun katta sharaf.
Barcha ispanyalik muxlislarga va ayniqsa, mening ikki farzandim tug'ilgan Madrid shahri aholisiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu mamlakat mening yuragimda qoladi.
Bu har tomonlama ajoyib sayohat edi. Men bu hikoyada hech narsani o'zgartirmagan bo'lardim», deydi Varan.