«Manchester Yunayted» klubi Madriddan Varanni olib kelganidan so'ng, ularning yana bir futbolchisiga qiziqib qolgan. «AS» nashri xabariga ko'ra, «Real» Varanga qo'shib, Vinicius transferini ham taklif qilgan. Biroq ingliz tomoni buni istamagan edi. Lekin ular braziliyalik forvard uchun qiziqishlarini saqlab qolgan. «Real» hujumida o'ziga yarasha yashil maydon bilan bog'liq bo'lmagan muammolar paydo bo'lgan.
Garet Beyl Angliyadan qaytib kelgan. «Breksit» shartnomasidan keyin uelslik futbolchi Evroittifoq o'yinchisi hisoblanmaydi. Shu bilan «qaymoqranglilar»da bunday maqomga ega hujumchilar soni to'rttaga etdi. Nizomga muvofiq esa bunday futbolchilar 3 tadan oshmasligi kerak. Bu degani kimdir hujum chizig'ida jamoani tark etishini anglatadi. Shu sabab «Real» braziliyalik hujumchisini sotib yuborishga ahd qilgan.